Odatdagidek yozing,
yangi harf özi çiqadi

o' yozsangiz ö, sh yozsangiz ş böladi. Mac va Windows uçun bepul klaviatura, hamma uçun onlayn konverter.

Yuklab oliş va örnatiş

Klaviatura kompyuter uçun. Havolani saqlab qöying va Mac yoki Windowsʼda oçing. Telefonda pastdagi konverterdan foydalaning.

  1. Terminalʼni oçing

    ⌘ + Space bosing, “Terminal” deb yozing va Enter.

  2. Buyruqni joylang va Enter bosing

    curl -fsSL https://yozgich.uz/install.sh | bash

    Dastur özi yuklanadi va menyu-barda işga tuşadi. Parol söralmaydi.

  3. Ruxsat bering

    macOS söraydi: Open System Settings → Privacy & Security → Accessibility → Yangi alifbo ni yoqing. Şundan keyin menyu-barda ö turadi.

    Til almaştiriş şart emas: istalgan dasturda lotin klaviaturasida yozing, özi ögiriladi. Yoqiş va öçiriş: ⇧ Shift ni ikki marta bosing yoki menyu-bardagi ö ni bosing (öçiq paytda A).

macOS 12 va yangisi · Apple Silicon va Intel · Öçiriş

Konverter

Eski lotin yoki kirill matnini yozing yoki joylang. Natija şu zahoti tayyor, matn heç qayerga yuborilmaydi.

Namuna:
Lotin
0 belgi
Yangi alifbo 0 ta harf özgardi

Qoidalar

Eski yozuv va yangi alifbo
YozasizÇiqadiMisol
o'öo'zbek → özbek
g'ğtog' → toğ
shşshahar → şahar
chçchoy → çoy
s'hsʼhIs'hoq → Isʼhoq
ma'nomaʼnotutuq belgisi ʼ

"sh" har doim ham ş emas. Isʼhoq, asʼhob, musʼhaf kabi sözlarda s va h alohida öqiladi. Ularni hozirgidek tutuq bilan yozing: s'h. Natija sʼh böladi.

ng özgarmaydi: tong, keng oldingidek yoziladi.

Qoidalar ЎРҚ-1184-son Qonunga (21.10.2026, kuçga kiriş sanasi 22.04.2027) asoslangan. Rasmiy imlo qoidalari hali eʼlon qilinmagan; bu loyiha davlat loyihasi emas.

Savollar

Klaviatura yoqilganini qanday bilaman?

Menyu-barda (ekranning yuqori öng burçagida) ö turgan bölsa, yoqilgan; A turgan bölsa, öçiq. Almaştiriş: ⇧ Shift ni ikki marta bosing yoki ö ni bosing. Boşqa tugma tanlaş: ö ustida öng tugma → “Yoqiş/öçiriş tugmasi”. ⌃ Control + Space va fn endi faqat tilni almaştiradi.

Windowsʼda soat yonidagi ikonka holatni körsatadi, Ctrl + Alt + Space yoqib-öçiradi.

Inglizça yoki kod yozayotganimda nima qilaman?

Klaviatura har qanday sözda o' va sh ni almaştiradi: shop.uz ham şop.uz bölib qoladi. Inglizça yozişdan oldin ⇧ Shift ni ikki marta bosib öçirib qöying (menyu-barda A çiqadi). Rus klaviaturasida yozganingizga tegmaydi. Windowsʼda: Ctrl + Alt + Space.

Ruxsat sörayaptimi? Matnimni körib turadimi?

Ha, bir marta: Accessibility ruxsati (tugmalarni körib, o' ni ö ga almaştiriş uçun). Rusça macOSʼda: “Конфиденциальность и безопасность → Универсальный доступ”. Matn heç qayerga yuborilmaydi, dastur internetga ulanmaydi.

Yangilangandan keyin macOS ruxsatni qayta söraşi mumkin, çunki dastur Apple sertifikati bilan imzolanmagan (loyiha bepul). Konverter ham faqat brauzeringizda işlaydi.

Macʼdan qanday öçiraman?

Terminalʼda: curl -fsSL https://yozgich.uz/uninstall.sh | bash

GitHubʼdagi .zip faylni qöl bilan oçmang: ilova Apple sertifikatisiz, macOS uni “damaged” deb bloklaydi. Örnatişning yagona töğri yöli yuqoridagi Terminal buyruği.

Öçirgandan keyin System Settings → Privacy & Security → Accessibility röyxatidan Yangi alifbo ni ham olib taşlaşingiz mumkin.

Windowsʼda işlaydimi?

Ha, beta versiya: YangiAlifbo-windows-beta.exe. Yoqiş va öçiriş: Ctrl + Alt + Space. Avtomatik test Notepadʼda ötgan, lekin haqiqiy kompyuterlarda hali kam sinalgan; xato topsangiz GitHubʼda yozing.

Öçiriş: soat yonidagi ikonkani öng tugma bilan bosib “Çiqiş” ni tanlang, keyin faylni öçiring. Avtomatik işga tuşişga qöşgan bölsangiz, shell:startup papkasidagi yorliqni ham öçiring.

Telefonda qanday yozaman?

iPhone va Android klaviaturasida harfni bosib turing: o → ö, g → ğ, s → ş, c → ç. Turk klaviaturasini qöşmang: unda i ning boş harfi İ (nuqtali) bölib qoladi, özbekçada esa I kerak.